Mustaqil ta'lim
1-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | “Axborot texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari” mavzusida qisqacha matn tayyorlang. Unda fan nimani oʻrgatishi va uning taʻlimdagi ahamiyatini yozing. |
2 | Axborot texnologiyalarining kundalik hayotdagi qoʻllanilish sohalarini (taʻlim, tibbiyot, iqtisod, boshqaruv va boshqalar) misollar bilan yozing. |
3 | “Axborot texnologiyalarining taʻlim sohasidagi oʻrni” mavzusida 5–7 slayddan iborat taqdimot yarating. |
2-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | “Kompyuter arxitekturasi” tushunchasini izohlang. Uning asosiy qismlari — protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari haqida qisqacha ma’lumot yozing. |
2 | Kompyuterning ichki tuzilishini (blok-sxemasi) tasvirlang va har bir qismning vazifasini izohlang. |
3 | “Kompyuter arxitekturasi va dizayni” mavzusi bo‘yicha klaster metodi yordamida asosiy tushunchalarni taqqoslab yozing (masalan, arxitektura va dizayn o‘rtasidagi farqlarni klaster shaklida ifodalang). |
3-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | “Sistemaviy va amaliy dasturiy taʻminot” tushunchalarini taqqoslang. Har biriga misollar keltiring. |
2 | Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari va turlari haqida qisqacha matn yozing (Windows, Linux, Android, iOS misolida). |
3 | “Kompyuterlarning dasturiy taʻminoti” mavzusi boʻyicha krossvord tuzing. |
4-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | “Word matn muharriri” haqida referat yozing. Uning asosiy imkoniyatlari va foydalanuvchi oynasining qismlarini izohlang. |
2 | Word dasturida jadval yaratish va rasm fayllarini qoʻshish boʻyicha amaliy ish bajaring. |
3 | “Microsoft Office dasturlari”ni klaster metodi yordamida asosiy funksiyalarini taqqoslab yozing. |
5-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | Elektron jadval muharriri (MS Excel) haqida qisqacha tushuncha yozing. Uning asosiy oynasi va elementlarini izohlang. |
2 | Excel dasturida jadval tuzing va oddiy formulalardan (SUM, AVERAGE, MAX, MIN) foydalanib hisob-kitob bajaring. |
3 | “Elektron jadval muharrirlarining imkoniyatlari” mavzusida Venn diagrammasi yordamida Excel dasturini boshqa ofis dasturlari (Word, PowerPoint) bilan taqqoslang. |
6-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | “Multimedia” tushunchasini izohlang. Uning asosiy elementlari — matn, rasm, tovush, video va animatsiya haqida qisqacha ma’lumot yozing. |
2 | PowerPoint dasturida multimediali taqdimot yarating (matn, rasm, audio yoki video elementlardan foydalaning). |
3 | “Zamonaviy taqdimot yaratish dasturlari” mavzusida klaster metodi yordamida PowerPoint dasturini boshqa taqdimot vositalari (Canva, Google Slides) bilan taqqoslab yozing. |
7-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | “Kompyuter grafikasi” tushunchasini izohlang. Uning asosiy turlari — raster, vektor, fraktal va 3D grafika haqida qisqacha ma’lumot yozing. |
2 | Grafik muharrir dasturlardan (Paint, Photoshop, Canva va boshqalar) birini tanlab, unda oddiy rasm yoki logotip yarating. |
3 | “Kompyuter grafikasi turlari” mavzusida Baliqcha skeleti metodi yordamida raster va vektor grafikalarni taqqoslab yozing. |
8-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | “Kompyuter tarmog‘i” va “kommunikatsiya” tushunchalarini izohlang. Ularning ahamiyati va kundalik hayotdagi qo‘llanilishini yozing. |
2 | Kompyuter tarmoqlarining turlari (lokal, mintaqaviy, global) haqida qisqacha matn tayyorlang va har biriga misollar keltiring. |
3 | “Kompyuter tarmoqlari” mavzusini BBB metodidan foydalanib izohlang. |
9-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | “Elektron hukumat” tushunchasini izohlang. Uning maqsadi va jamiyat boshqaruvidagi ahamiyatini yozing. |
2 | O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimining asosiy yo‘nalishlari va xizmat turlari haqida referat tayyorlang (masalan, my.gov.uz portali misolida). |
3 | “Elektron hukumat tizimi” mavzusida BBB metodidan foydalanib izohlang. |
10-MAVZU BOʻYICHA MUSTAQIL TAʻLIM TOPSHIRIQLARI
1 | Internet xizmatlari haqida qisqacha tushuncha yozing. Ularning turlari (veb-saytlar, elektron pochta, fayl almashish, bulutli xizmatlar) haqida ma’lumot bering. |
2 | Elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlarning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida taqdimot tayyorlang. |
3 | “Internet xizmatlari va mobil aloqa texnologiyalari” mavzusida klaster metodi yordamida asosiy tushunchalarni taqqoslab yozing. |